MUST’E
m. avv. 150-40 m. y.
Zirabuloq makoni
Must’e davriga oid Zirabuloq makoni 1971-yilda Y. F. Buryakov rahbarligida O‘zSSR
fanlar akademiyasi arxeologiya instituti otryadi tomonidan ochilgan. Makon Narpay
tumani, Zirabuloq tog‘lari etagidagi shu nomli buloq yonida, dengiz sathidan 470 metr
balandlikda joylashgan. Dastlabki arxeologik tadqiqotlar N. X. Toshkenboyev (1971-1972
yillar) tomonidan amalga oshirilgan. Uning umumiy maydoni 32 m2 bo‘lgan. Arxeologik
qatlamlar qishloq xo‘jaligi ishlari sababli ko‘chirilgan. 1977-1978 va 1980-1981 yillarda
makon M. D. Jo‘raqulov va B. A. Amirqulov tomonidan o‘rganilgan. Ikkita shurf solinib,
unda jami 5,9 mingga yaqin tosh buyumlar va ishlab chiqarish chiqindilari, shuningdek
1,2 mingdan ortiq paleofaunistik qoldiqlar topildi. Topilmalar yer sirtidan 2,5 m gacha
bo‘lgan chuqurlikda uchraydi. Stratigrafi yada madaniy qatlam aniqlanmagan. To‘plangan
tosh inventarlar patinalashtirilgan va must’e davri uchun xos tipologik xususiyatlarga ega:
turli xil kichik tipdagi qirg‘ichlar, qisqartirilgan qurollar, struglar, kesgichlar, plastinkali
pichoqlar (ba‘zilari retush bilan), disk shaklidagi va prizmatik nukleuslar. Ishlab chiqarish
texnikasi - zarba maydonini saqlab qolgan holda maydalab olish. Zirabuloq tosh sanoatining
yaqin o‘xshashliklari Qo‘tirbuloq, Obiraxmat va Teshiktosh materiallarida mavjud. Umuman
olganda, texnik mezonlarga ko‘ra sanoatning ko‘rinishi kech must’e davri deb baholanadi.
DAVRI
  • Bibikov, V. I. Some remarks on the fauna from the Mousterian cave of Aman-Kutan I [Nekotoryye zamechaniya po faune iz mustyerskoy peshchery Aman-Kutan I] // Soviet Archeology. Moscow, 1958. No. 3.

  • Jurakulov, M. D., Mammadov, E. D. Geology of archaeological sites on the Zeravshan: the Stone Age [Geologiya arkheologicheskikh pamyatnikov Zeravshana: kamennyy vek] // Textbook. Tashkent, 1986.

  • Lev, D. N. The ancient Palaeolithic in Aman-Kutan [Drevniy paleolit v Aman-Kutane] // Proceedings of the Samarkand State University. New series. Issue 39. Samarkand, 1949.

  • Lev, D. N. New data on the Palaeolithic of Uzbekistan [Novyye dannyye po paleolitu Uzbekistana] // Proceedings of the Institute of History and Archaeology, Academy of Sciences of the Uzbek SSR. Issue 7. Tashkent, 1955.
Made on
Tilda