Neandertallar izlari D. N. Lev tomonidan topib tadqiq etilgan Omon-Qo‘ton g‘orining
topilmalarida aks etgan. G‘or Samarqand shahridan 45 km janubdagi quyi Omon-Qo‘ton
qishlog‘i, Zarafshon tog‘ tizmasining g‘arbiy qismiga tegishli Chaqilkalon tog‘larida dengiz
sathidan 1400 metr balandlikda joylashgan. Bu odatiy tor va past yo‘lakli karst g‘ori bo‘lib
kengligi taxminan 1,5 m, balandligi 0,9 m. Kirish joyidagi madaniy qatlam 0,25 dan 1,5
m gacha bo‘lgan madaniy qatlamda hayvonlarning singan suyaklari va tosh buyumlari
aniqlangan. G‘or must‘e davri odamiga boshpana bo‘lib xizmat qilgan. O‘choqlar qurish
uchun ohak tufi da tabiiy chuqurliklar ishlatilgan. G‘orning madaniy qatlamlarida 220 ta
tosh buyumlar topilgan bo‘lib, bular: qirg‘ichlar, disk shaklidagi nukleuslar, barg shaklidagi
kesgichlar, shuningdek, retush izlari aniqlangan plastinkalar. Qurollar kvarts, diorit,
kvartsit va chaqmoqtoshdan tayyorlangan. G‘orlar uchun xos bo‘lgan tosh sanoati mavjud
emas. Paleofauna tog‘larning o‘rta mintaqasiga yaqin - osiyo mufl oni (112), qo‘ng‘ir ayiq
(39) va maral (10). Ushbu faunaning qadimiyligini ko‘rsatadigan chiziqli giena suyaklari
qiziqish uyg‘otadi. Hayratlanarlisi g‘orda yana boshqa 105 turdagi hayvonlarga tegishli bosh
suyaklarning qoldiqlari topilgan. Omon-Qo‘ton neandertallari tomonidan ovlangan asosiy
hayvonlari osiyo mufl oni va qo‘ng‘ir ayiq bo‘lgan. Hozirgi vaqtda insonning jismoniy turi
haqida ma‘lumot kam, chunki butun keng mintaqa uchun ma’lum paleoantropologik topilma
bitt a – xronologik jihatdan Omon-Qo‘tonga yaqin bo‘lgan Teshik-Tosh bolasining qabridir.
Madaniy qoldiqlarning tabiati va ahamiyati ko‘p bo‘lmagan tosh qurollar to‘plamlarini qazish
muallifga bu uzoq muddatli manzilgoh emas, balki ovchilarning vaqtinchalik manzilgohi
deb hisoblashiga imkon berdi. G‘orning geologik yoshi o‘rta–pleystotsen davrining oxiri va
so‘nggi pleystotsenning boshlari bilan belgilanadi, sanalarda esa bu 100-80 ming yilga to‘g‘ri
keladi. Omon-Qo‘ton g‘ori Samarqand viloyatidagi eng qadimiy yodgorlik hisoblanadi.