BRONZA DAVRI
m. avv. 3-2 m. y.
Sopolli madaniyati qabristonlari
Qabristonlar O‘zbekiston janubidagi Sherobod vohasi hududida joylashgan. N. A.
Avanesova boshchiligidagi SamDU arxeologik otryadi tomonidan 1986-yildan boshlab
tadqiq etib kelinmoqda. Jarqo‘ton IV В1, Bo‘ston VI va VII qabristonlari qadimgi Sharq
sivilizatsiyasi tipidagi Sopolli protoshahar madaniyati yodgorliklari hisoblanadi. Marhumni
dafn etishning bir necha usullari (krematsiya, ingumatsiya, qisman va ikkilamchi ko‘mish va
boshqalar) hamda u bilan bog‘liq dafn marosimi harakatlari yuqoridagi komplekslardagi dafn
amaliyoti fenomeni ko‘p madaniyatli ekanligi bilan belgilanadi. Qabristonlar materiallarida
sopolli stereotiplarining o‘zgarishini aks ett iruvchi dafn marosimi tizimining madaniy
ko‘rsatkichlari bo‘yicha yangiliklar majmuasi kuzatilgan. Bu, albatt a, o‘zga madaniyat
ta‘siri bilan bog‘liq. Yevrosiyoning dasht qismidan kelgan yangi aholining oqimi Sopolli
madaniyati aholisining turmush tarzini sezilarli darajada o‘zgartirdi, qadimiy urf-odatlarning
bosqichma-bosqich o‘zgarishiga hissa qo‘shib yangi dunyoqarashlarning shakllanishiga
turtki bo‘ldi. Boshqa madaniy yodgorliklar fonida Bo‘ston VI nekropoli (qabristoni) dasht
qabilalari dunyosiga xos bo‘lgan murakkab dafn marosimi elementlarining ko‘pligi va
olov bilan bog‘liq rasm-rusmlar borlgi bilan ham ajralib turadi. Ilk bor “Veda” va “Avesto”
manbalarida paydo bo‘lgan ilohiy harakatlarni aks ett iruvchi marosim maydonchalari
aniqlandi. Marhumlarni krematsiya qilish uchun maxsus inshootlar qoldiqlari (8 ta yarim
yerto‘la ko‘rinishidagi xom g‘isht kameralar) va yozuvdan oldingi tasviriy tilga mos keladigan
bir funksiyali haykalchalar katt a qiziqish uyg‘otadi. SamDU arxeologik tadqiqotlari
materiallari ilmiy muomalaga faqat qisman kiritilganligiga qaramay bir qator ilmiy ishlarda,
shu jumladan, chet el olimlar tomonidan ishlatilib kelinmoqda.
  • Avanesova, N. A. Ancient miners of Zeravshan [Drevniye gornyaki Zeravshana] // Journal Archaeology of Uzbekistan. Samarkand-Tashkent: Fan, 2012. No. 1(4). PP. 3-35.

  • Avanesova, N. A. Ceramics from the sett lement of miners and metallurgists near the Zeravshan [Keramika poseleniya gornyakov-metallurgov Zeravshana] // IMKU. Issue 39. Samarkand: Fan, 2015. PP. 47-62.

  • Avanesova, N. A. Mining and metallurgical production of Zeravshan [Gornoye delo i metallurgiya proizvodstva Zeravshana] // Materials of the Republican conference «Markaziy Osiye tarikhi va archeologiyasi muammolari». Part 1. Samarkand: SamSU Publishing House, 2018.PP. 12-17.

  • Avanesova, N. A. Mining and metallurgical production of Zeravshan [Gornoye delo i metallurgiya proizvodstva Zeravshana] // Materials of the Republican conference «Markaziy Osiye tarikhi va archeologiyasi muammolari». Part 1. Samarkand: SamSU Publishing House, 2018.PP. 12-17.


Made on
Tilda