Neolit davri yodgorliklari Samarqand shahridan 13 km Shimoli-sharqda, Zarafshon daryosi
o‘rta oqimining chap qirg‘og‘ida joylashgan. Gargusha I yodgorligi 2010-yil bahorida
ochilgan. Uzoq davom etgan yomg‘irlar Zarafshon daryosining qirg‘oq terassasi bir qismi
ko‘chishini keltirib chiqardi. Qalin tuproq ostida madaniy qatlam qoldiqlari bor edi. Bu
madaniy qatlamning katta qismi Zarafshon to‘lqinlari bilan yuvilib, suv ostiga g‘arq bo‘lgan.
Ko‘chish oqibatida eng qadimgi madaniy qatlamlar yuzaga chiqdi. Makon Zarafshon daryosi
suvlari sathidan 4-5 metr balandlikda joylashgan baland tekis maydonchani egallaydi.
Arxeologik material 46 m² ga teng maydonni egallab, gorizontal va tartibsiz holatda bo‘lgan.
Madaniy qatlamlarni o‘rganish davomida 190 dan ortiq artefaktlar qo‘lga kiritilib, o‘choq
va xo‘jalik chuqurlarining qoldiqlari va gulxan izlari aniqlandi. Topilmalarning asosiy
qismini plastinkali mikrolitik texnikaga xos tosh sanoati (82 dona) va to‘g‘ri, to‘lqinli, qisqa
va dumaloq shakldagi bosma chiziqlar bilan bezatilgan keramika fragmentlari (42 dona)
tashkil etadi. Ular deyarli Kaltaminor jamoasining Qavat yodgorliklari guruhi an’analari
bilan o‘xshashdir. O‘choq chuqurlarini tozalash vaqtida ulardan birida 6 dona qo‘chqor
tuyoqusti suyaklari (alchik va o‘yin toshi ko‘rinishida) olov ta‘siri izlarisiz qayd etilgan. Oxra
bilan to‘ldirilgan chuqur ichida chig‘anoq-mollyuskalardan yasalgan zargarlik buyumlari va
nayza uchi bilan birga «hayot daraxti» yoki “bug‘doy o‘simligi” o‘yilgan suyakdan yasalgan
disk-tumor bor edi. Zargarlik buyumlari nayza uchi va o‘yin toshi maqsadli ravishda
saqlangan. Ehtimol, ular marosimlarda ishlatilgan. To‘plamda polihrom va monohrom
bo’yalgan ikkita qo‘lda yasalgan sopol idishlar parchalari, eneolit davriga oid (mil.avv. IVIII
ming yilliklar) Sarazm I va II bezak toshlaridan yasalgan va Geoksur uslubida bezatilgan
zeb-ziynatlar alohida o‘rin tutadi. Arxeologik materialning joylashuviga ko‘ra, yodgorlik
qadimgi davrlarda kichik maydonni egallagan. Topilmalarning aksariyati madaniy qatlam
qoldiqlarining umumiy flotatsiyasi bilan aniqlandi: 27 ta ishlov berilgan chig‘anoqdan
yasalgan bezak elementlari, 25 ta suyak buyumlari, Kaltaminor idishlaridan 5 ta bo‘lak va
10 ta disk shaklidagi sopol “urchuqlar”. Har bir topilma chinakam qiziqish uyg‘otadi. Ham
o‘tkir, ham tekis tubli keramika Kaltaminor jamoasiga (mil. avv. IV-III ming yilliklar) xos
bo‘lgan turli xil bezaklari bilan ajralib turadi. Majmuada turli madaniyatlarga xos sopol
idishlarning mavjudligi faol qabilalararo madaniy aloqalarni ko‘rsatadi
Gargusha II. 2010-yil kuz oyidagi Arxeologik qidiruv vaqtida Zarafshon daryosining chap
qirg‘og‘ida, Gargusha I makonidan 2 km uzoqlikda topilgan artefaktlarning joylashuvi.
Arxeologik qatlamlar qishloq xo‘jaligi ishlari natijasida joyidan siljigan. Ko‘tarilgan material
yuqorida tavsiflangan makon bilan bir xil. Inventar keramika parchalari (33 dona, ulardan
25 tasi ornamentli), tosh buyumlar, shu jumladan, sayqallangan bolta-tesha (35 dona),
kaltaminor tipidagi o‘q uchi, suyak buyumlar (3 dona), chig‘anoq va mollyuskalardan
munchoqlar (6 dona). Yodgorliklarning moddiy madaniyati materiallari bir hil ko‘rinishiga
qaramay, Gargusha II o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bu keramika va tosh sanoatida aniq
namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga Kaltaminor madaniy jamoasi Oqchadaryo variantiga xos
bo‘lgan asosiy xususiyatlarni saqlab qolgan. Moddiy madaniyat tahlili O‘rta Osiyo ikki daryo
oralig‘ida uyg‘unlashuv jarayoni jadal davom etayotganligidan dalolat beradi. Qutqaruvmuxofaza ishlarini N. A. Avanesova olib borgan