1986-yilda Zarafshon daryosining chap qirg‘og‘ini o‘rganish paytida gidrogeologlar tomonidan
topilgan. Samarqand shahridan 18 km sharqda, shu nomli qishloqning chekkasida joylashgan.
1992-yilda N. A. Avanesova tomonidan tadqiq etilgan. Olib borilgan qazishmalar natijasida 248 m2
maydonda yarim yerto‘la tipidagi uy-joy va miloddan avvalgi II ming yillikning boshlaridagi
metallurgiya faoliyati qoldiqlari va ishlab chiqarish maydonchasi aniqlangan. Ob’yektda 100 dan
ortiq artefaktlar, shu jumladan ilk andron sopoli, metall, tosh va suyak buyumlari, zargarlik
buyumlari va metallurgiya ishlab chiqarish chiqindilari topildi. Ushbu yodgorlik tog‘-metallurglari
tomonidan qoldirilgan bo‘lib, undagi materiallar paleometal davridagi bir nechta madaniy
an’analarning sintezini o‘z ichiga oladi. Uy-joy maydoni ichidagi madaniy qatlam 0,9 m dan
oshmaydi, tashqarisida esa 0,2-0,4 m tashkil etadi va bu yodgorlik mavsumiy aholi punkti
bo‘lganligini ko‘rsatadi. Turar-joyning quyi qismida ikkita bir xil ochiq o‘choq va bitta xo‘jalik
chuquri mavjud. Ikkinchisining to‘ldirmasida singan sopol, hayvonlarning suyaklari, sayqallangan
tosh boltalar. Uydagi barcha tuproq elakdan o‘tkazildi va yuvildi. Natijada ko‘plab topilmalar
qo‘lga kiritildi. Bular: qo‘lda va charxda yasalgan sopol parchalari (sarazm tipidagi), mis shakl
quyilgan, zinasimon suyakdan ishlangan kamar mahkamlagich, metall va tosh o‘q uchlari, hayvon
suyaklari va boshqalar.
Uy tashqarisida madaniy qatlam asosan ishlab chiqarish metallurgiya faoliyatining izlarini aks
ettiradi. Shlaklangan mis rudalari, boshqa qo‘shimchalar qo‘shilgan shlaklar, kon- metallurgiya ish
qurollari alohida qiziqish uyg‘otadi. Ular rudalarni maydalash uchun bolg‘alar, kirkalar, ruda
maydalagich va pestlar bilan ifodalangan. Ishlab chiqarish qismida yarim yerto‘la tipidagi eritish
pechining qoldiqlari topilgan. Ustaxonadan - kul, ko‘mir, sirti shlaklar bilan qoplangan loy
soploning bo‘laklari ham topilgan. Metall eritish moslamasining yer usti konstruktsiyalari
kuzatilmagan. Tug‘oy yodgorligining madaniy-xronologik talqini, eng avvalo, Sarazm IV davri va
petrov ko‘rinishidagi sopollarning texnik-texnologik va morfologik ko‘rsatkichlarining qiyosiy
tavsifiga asoslangan. Ushbu madaniy tuzilmalar o‘zaro baravarligi mo‘ljallangan radiokarbon analizi
ma‘lumotlari bilan ham isbotlangan. Sarazm IV davri uchun xronologik sana mil. avv. 2300-2200
yillarni tashkil etsa, tug‘oy
makoni uchun esa miloddan avvalgi 2240-1960 yillarni tashkil etadi.