ANTIK DAVR
m. avv. 2 asr - mil. 1 asr va o’rta asr (9-11 asrlar)
Antik So‘g‘dning nomsiz qo‘rg‘oni
Ushbu yodgorlik Sazog‘on daryosining eski o’zani yaqinidagi qo‘rg‘on qabristonlar guruhiga
kiradi. Qutqaruv-qazishma ishlarini 1978-yilda O. I. Ibragimov olib borgan. Tuproq ostida
podboy qabr topilgan, taxtali tobutda odam va hayvon suyaklari tarqoq holatda aniqlangan.
Skeletni tozalash jarayonida unda turli xil sifat va holatdagi oltita kichik bo‘lakda Xitoy ipak
matosining parchalari aniqlandi. kelib chiqishi Xitoy bo‘lgan uch bo‘lak mato bezatilishida
oltin ipli kashta ishlatilgan. Belbog‘ mahkamlagich dekorativ elementi tafsilotlari topilmaning
yoshini aniqlash uchun muhimdir. Bunda buqa boshi ko‘rinishidagi belbog‘ mahkamlagich
o‘ziga alohida e’tiborni tortadi. Uning analogiyasini Xakasiyadagi tesin qabridagi topilmada
ko‘rish mumkin. Shoxsimon va bronza igna-tugmalar, tugma-to‘g‘nog‘ich, uch qirrali temir
kamon o‘qi uchlari va xanjar katt a qiziqish uyg‘otadi. Qabrning yuqori qismida singan
idishlar, o‘yib naqsh berilgan bronza bilaguzuk, toshbaqa shaklidagi kumush broshka,
karneol (serdolik) usmadon topilgan. Ushbu artefaktlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglari
mil. avv. II-I asrlarga oid Baykalbo‘yi, Mo‘gvuliston, Xakasiya, Tuva va Ordosning hunlar
qabristonlarida keng ma’lum. Sazog‘onsoy qurg‘oni ipak topilmalari geografi yasini So‘g‘d
hududiga kengaytiradi. Bu esa Zarafshon vohasi – paydo bo‘layotgan ipak yo‘llaridan biri
ekanligini ko‘rsatadi. Zarafshon vodiysi muhim madaniy-iqtisodiy ko‘prik bo‘lganligi aniq.
Buyuk ipak yo‘li insoniyat va yurtimiz tarixida, shuningdek, xalqlar xotirasida faol savdo,
o‘zaro ilmiy va madaniy almashinuvning namunasidir. Shuni ta’kidlash kerakki, mil. avv. II-I
asrdan boshlab o‘rganilayotgan hudud Buyuk ipak yo‘lining ijtimoiy-madaniy markazlaridan
biriga aylandi.
  • Avanesova, N. A. Ancient miners of Zeravshan [Drevniye gornyaki Zeravshana] // Journal Archaeology of Uzbekistan. Samarkand-Tashkent: Fan, 2012. No. 1(4). PP. 3-35.

  • Avanesova, N. A. Ceramics from the sett lement of miners and metallurgists near the Zeravshan [Keramika poseleniya gornyakov-metallurgov Zeravshana] // IMKU. Issue 39. Samarkand: Fan, 2015. PP. 47-62.

  • Avanesova, N. A. Mining and metallurgical production of Zeravshan [Gornoye delo i metallurgiya proizvodstva Zeravshana] // Materials of the Republican conference «Markaziy Osiye tarikhi va archeologiyasi muammolari». Part 1. Samarkand: SamSU Publishing House, 2018.PP. 12-17.

  • Avanesova, N. A. Mining and metallurgical production of Zeravshan [Gornoye delo i metallurgiya proizvodstva Zeravshana] // Materials of the Republican conference «Markaziy Osiye tarikhi va archeologiyasi muammolari». Part 1. Samarkand: SamSU Publishing House, 2018.PP. 12-17.


Made on
Tilda