BRONZA DAVRI
m. avv. 3-2 m. y.
Sazag‘onsoy qadimiyatlari
Sazag‘onsoy bronza davriga oid qabrlari Sazag‘on qishlog‘ining sharqiy chekkasida,
Samarqanddan 26 km janubi-g‘arbda joylashgan. Qabrlar 1995-yilda Sazag‘onsoy
daryosining eski o‘zanida qumli karyerida topilgan. Qutqaruv ishlari arxeologiya kafedrasi
dotsenti O. I. Ibragimov tomonidan olib borilgan. Ob’yektda ikkita qabr qayd etilgan
bo‘lib birinchisi deyarli to‘liq, ikkinchisi esa qisman saqlanib qolgan. Birinchi qabr - bu
uzun tomonlari Shimol-Janub yo‘nalishi bo‘yicha yo‘naltirilgan to‘rtburchak shakldagi qabr
(0,6×1,2 m). Uning pastki qismida 40-50 yoshli ayolning qoldiqlari qayd etilgan va hayvon
suyaklarining ko‘pligiga qaraganda, ehtimol, butun bir qo‘y tanasi ham qo‘yilgan. Ikkinchi
qabr (2,1×1,65×0,6 m) to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib deyarli to‘liq saqlanib qolgan.
Qabrda 25-30 yoshli erkakning qoldiqlari aniqlangan, u o‘ng tomonga yonbosh bo‘lib,
boshi shimolga qaratilgan holatda yotqizilgan. Dafn paytida marhumga qo‘yilgan narsalar
to‘plami saqlanib qolgan: bosh tomonida qo‘lda yasalgan naqshli sopol idish, yonida esa bir
qirrali plastinkasimon pichoq bor edi. Kulolchilik charxida yasalgan idishlar marhumning
orqasidan joy olgan (idishlardan birida quyidagi ishlov berilmagan zargarlik toshlari topilgan
– turkuaz, lazurit, akuamarin). Shuningdek, ko‘krak oldida ikkita yugan, plastinkasimon
ikki qirrali pichoq va marhum uchun ovqat qoldiqlari topilgan. Oyoqlar atrofi da tosh
asboblar: yaroqsiz munchoqlar, kalsedon va lazurit yarim ishlangan toshlari, bronza va
tosh taqinchoqlar, shuningdek, kamon o‘qi uchlari. Umuman olganda, ushbu g‘ayrioddiy
qabrlardan olingan material Yevrosiyoning proto-urbanistik janubi va androngacha bo‘lgan
dasht bronzasining shimolining madaniy sintezining yorqin xususiyatlarini namoyon qiladi.
Sazag‘onsoy majmuasi professional hunarmandlar – metallurg va zargarning hayotiy faoliyati
mahsuli sifatida qaraladi. Topilmalar mil. avv. II ming yillikning boshlarida dasht dunyosi
bilan madaniyatlararo aloqalarni o‘rnatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan va sopolli substratining
ustuvorligida ikkita madaniy-xo‘jalik tizimlarining ekspressiv sintezini namoyish etadi.
Ushbu madaniy hodisa topilmalar va dafn marosimlarining tarkibi bo‘yicha Zarafshon
mintaqasida Baqtriya-Marg‘iyona sivilizatsiyasiga yaqin qadimgi qishloq xo‘jaligi hududi
ochilganiga shubha qoldirmaydi.
  • Avanesova, N. A. Ancient miners of Zeravshan [Drevniye gornyaki Zeravshana] // Journal Archaeology of Uzbekistan. Samarkand-Tashkent: Fan, 2012. No. 1(4). PP. 3-35.

  • Avanesova, N. A. Ceramics from the sett lement of miners and metallurgists near the Zeravshan [Keramika poseleniya gornyakov-metallurgov Zeravshana] // IMKU. Issue 39. Samarkand: Fan, 2015. PP. 47-62.

  • Avanesova, N. A. Mining and metallurgical production of Zeravshan [Gornoye delo i metallurgiya proizvodstva Zeravshana] // Materials of the Republican conference «Markaziy Osiye tarikhi va archeologiyasi muammolari». Part 1. Samarkand: SamSU Publishing House, 2018.PP. 12-17.

  • Avanesova, N. A. Mining and metallurgical production of Zeravshan [Gornoye delo i metallurgiya proizvodstva Zeravshana] // Materials of the Republican conference «Markaziy Osiye tarikhi va archeologiyasi muammolari». Part 1. Samarkand: SamSU Publishing House, 2018.PP. 12-17.


Made on
Tilda