ANTIK DAVR
m. avv. 2 asr - mil. 1 asr va o’rta asr (9-11 asrlar)
SamDU Arxeologiya muzeyi terakotalari
Terakotalar miloddan avvalgi mil. avv. I ming yillikning oxiridan arablar zabt etgunga qadar
So‘g‘d tasviriy san’atining tarixiy rivojlanish jarayonini aks ett iruvchi yagona yodgorliklardir.
Ilm-fan sohasidagi badiiy san’atning ushbu sohasi koroplastika deb ataladi. So‘g‘d ming
yildan ortiq vaqt davomida koroplastika san’atining mustaqil markazi bo‘lib kelgan. Terakota
haykalchalari san’at asari bo‘lib, muzeyga tashrif buyuruvchilarni qadimgi so‘g‘diylarning
ma’naviy dunyosi, islomdan oldingi davr dunyoqarashi bilan tanishtiradi. Muzeyda
saqlanayotgan to‘plamda 28 ta terakota badiiy buyumlari mavjud bo‘lib ular: odamlar va
hayvonlar tasvirlangan haykalchalar, to‘rt qirrali qush shaklidagi nishon, 1 ta butun ossuariy
va 2 ta relyef tasviri bo‘lgan bo‘laklar, ikkita matritsadir. Barcha koroplastika na’munalari
Samarqand va uning atrofl aridan topilgan, ya’ni qadimgi sog‘d hududiga kiradi. Haykalchalar
orasida inson tasvirlangan artefaktlar ustunlik qiladi. Bu balandligi 10-12 sm dan oshmaydigan loydan yasalgan haykalchalar, ularni ishlab chiqarishda ishlatiladigan texnik yondashuvlar xilma-xil bo‘lgan. Ko‘pchiligi ochiq shaklda ishlangan bo‘lib, unda haykalchaning old qismi bostirib olinadi, so‘ngra qo‘lda orqa tomoniga ishlov beriladi. Shu sababdan bunday haykalchalarning barchasi bir tomonidan go‘zal va ifodali, orqa tomonga yetarlicha ishlov berilmagan. Ko‘pgina terrakotalar yasalishida ikki turdagi texnikadan foydalanilgan, tanasi qo‘lda yasalgan yuzga esa qolipda shakl berilgan. Bunday haykalchalarning yuzasi ko‘pincha angob bilan qoplangan. Artefaktlar tarix fakulteti talabalari tomonidan topilgan.
  • Avanesova, N. A. Ancient miners of Zeravshan [Drevniye gornyaki Zeravshana] // Journal Archaeology of Uzbekistan. Samarkand-Tashkent: Fan, 2012. No. 1(4). PP. 3-35.

  • Avanesova, N. A. Ceramics from the sett lement of miners and metallurgists near the Zeravshan [Keramika poseleniya gornyakov-metallurgov Zeravshana] // IMKU. Issue 39. Samarkand: Fan, 2015. PP. 47-62.

  • Avanesova, N. A. Mining and metallurgical production of Zeravshan [Gornoye delo i metallurgiya proizvodstva Zeravshana] // Materials of the Republican conference «Markaziy Osiye tarikhi va archeologiyasi muammolari». Part 1. Samarkand: SamSU Publishing House, 2018.PP. 12-17.

  • Avanesova, N. A. Mining and metallurgical production of Zeravshan [Gornoye delo i metallurgiya proizvodstva Zeravshana] // Materials of the Republican conference «Markaziy Osiye tarikhi va archeologiyasi muammolari». Part 1. Samarkand: SamSU Publishing House, 2018.PP. 12-17.


Made on
Tilda