Muzeyi XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrga tegishli (Vasudeva tangalariga taqlid
qilish) 700 ga yaqin tangalardan iborat katt a numizmatik kolleksiyaga egadir. Ushbu
materiallarning aksariyat qismi hali nashr etilmagan. Tangalarning bir qismi talabalar
tomonidan, ikkinchi qismi “Afrosiyobni tarixiy va arxeologik o‘rganish bo‘yicha muammoli
laboratoriya” arxeologik qazishmalarining natijasida qo‘lga kiritilgan. Tangalar iqtisodiy,
siyosiy, metrologik munosabatlar bo‘yicha qimmatli tarixiy va madaniy manbadir. Ushbu
ma’lumotlar xilma-xil bo‘lib, ularning ma’lumot bazasi cheklangan, lekin tanga topilmalar
tarqalish hududlarini qayd etuvchi yozma va arxeologik manbalar jalb qilinsa, juda aniq
bo‘ladi. Ushbu xususiyatlar numizmatikani yordamchi yo‘nalishlardan biri va umumiy tarix
fani zanjiridagi muhim bo‘g‘in vazifasini bajaradi.