SamDU arxeologik tadqiqotlari
Samarqand davlat universitetining Tarix fakulteti 1947 yildan beri Zarafshon vodiysi va
O‘zbekiston janubida dala arxeologik ishlarini olib borayotgan Markaziy Osiyoning ilmiy
markazlaridan biri bo‘lib, ushbu hudud arxeologiyasida o‘zining yorqin izini qoldirib
kelmoqda. Arxeologiya kafedrasining ko‘p yillik ilmiy tadqiqotlari tosh, paleometal, antik
va o‘rta asrlar davrlariga oid va ilgari noma’lum bo‘lgan (40 dan ortiq yodgorliklar) yangi
madaniyatlarni kashf etish, So‘g‘d va Baqtriya sivilizatsiyalarining kulturogenez jarayonini
kuzatish imkonini berdi. O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i arxeologik merosi O‘zbekiston
xalqlari tarixi va madaniyatining solnomalari va yo‘qotillgan sahifalarini aks ettiradi.
Samarqand davlat universiteti arxeologiya
muzeyi
O‘zbekiston tarixi solnomasini tiklash
Universitet Arxeologiya muzeyi ilmiy va ta’lim jarayoniga uyg‘unlashgan bebaho
manbalarni o‘zida aks ett iradi. Uning to‘plamlari nafaqat fan mutaxassislari, balki Markaziy
Osiyo va Yevropa tarixiga qiziquvchilarga ham ma’lumdir. Artefaktlar to‘plamlarida asosan
mintaqamiz yodgorliklari ifodalanganiga qaramay, uning aloqalari hozirgi O‘zbekiston
sarhatlaridan ancha uzoqlarga cho‘zilgan. O‘zining yarim asrdan ortiq faoliyati davomida
muzey paleolit davridan o‘rta asrlarga qadar bo‘lgan Vatan tarixiga oid eng qiziqarli, noyob
arxeologik materiallar fondini to‘pladi. Uning ekspozitsiyalari tematik-xronologik va
arxeologik davriylashtirish asoslariga tayangan holda taqdim etilgan bo‘lib, bu mintaqa
tarixini yorqin namoyon etadi. Dizaynni ishlab chiqish vaqtida biz oldimizda ilmiy va ta’lim
markazi ekanligini hisobga olgan holda talabalar auditoriyasiga mos keladigan formatga
e’tibor qaratdik.
Samarqand davlat universiteti (SamDU)
Arxeologiya muzeyi shakllanishi tarixi
David Natanovich Lev
Muzey tarixi 1947-yilda D. N. Lev rahbarligida
o‘tkazilgan oliy o‘quv yurtining birinchi
arxeologik tadqiqotlari bilan bog‘liq.
D. N. Lev tashabbusi bilan 1963-yilda
O‘zbekiston madaniyati tarixigacha bo‘lgan
arxeologik kabineti tashkil etildi. Keyinchalik
1967-yilda M. D. Jo‘raqulov rahbarligida faoliyat
ko‘rsatgan “Afrosiyob shahar-xarobasini tarixiyarxeologik o‘rganish bo‘yicha muammoli laboratoriya” tashkil etildi. D. N. Lev, E. N. Amartseva, M. D. Jo‘raqulov, N. A. Avanesova
va tarix fakulteti arxeologiya to‘garagi talabalarining sa’y-harakatlari tufayli muzey resurslari
sezilarli darajada oshdi.
Bu jarayonda O‘zbekistonning tosh davriga oid noyob yodgorliklarni
topib o‘rgangan arxeolog olim D. N. Lev alohida o‘rin tutadi. U Leningraddagi SSSR fanlar
akademiyasining antropologiya va etnologiya muzeyi xodimi (1931-1942 yillar) sifatida
arxeologiya kabineti eksponatlarini hisobga olish va saqlashning ilmiy asoslarini ishlab
chiqdi. Ekspozitsiya tuzulishi artefaktlar dunyosi orqali hudud arxeologik yodgorliklarining
o‘ziga xos xususiyatlarini qayta tiklash usulidan kelib chiqilgan edi.
SamDU arxeologiya kafedrasi xodimlari va tarix fakulteti talabalari tomonidan O‘rta
Osiyoda o‘tkazilgan statsionar va qidiruv arxeologik tadqiqotlar natijasida to‘plangan
materiallar 2001-yilda universitet qoshida “Arxeologik o’quv-ishlab chiqarish laboratoriyasi”
ochilishi uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qildi va universitetning ilmiy-ma’rifiy markazlaridan
biriga aylandi. O‘zbekiston xalqlari tarixini qayta tiklash maqsadlariga xizmat qiluvchi
yangi ekspozitsiya yaratildi. Shu bilan bugungi kunda 40 ta arxeologik yodgorliklar materiallaridan iborat kolleksiya fondini doimiy ravishda to‘ldirishga yordam beradigan
muntazam ekspeditsiya tadqiqotlari boshlandi. Ularning aksariyati statsionar ravishda
tadqiq etilgan bo‘lsa, boshqalari qutqaruv va razvedka (qidiruv) usullarida o‘rganilgan.
Hozirgi kunda muzey fondlarida 60 mingdan ortiq topilma birliklari saqlanmoqda, ular
mintaqaning qadimgi davrlardan milodiy XIII asr boshlarigacha bo‘lgan tarixiy rivojlanishini
aks ettiradi.
Muzey to‘plamlari artefaktlar ko‘rinishidagi, zamonaviy imkoniyatlar va tahliliy tadqiqotlar
yordamida Vatan tarixi bo’yicha ulkan bilim manbaiga aylanadigan qimmatli ma’lumot
resursidir. Muzey paleolitdan antik davrgacha bo‘lgan deyarli barcha davrlarning
tarixiy solnomalarini aks ettiradi. Ekspozitsiyada qimmatbaho numizmatik to‘plamlar
va Afrosiyob qazishmalaridan iborat shahrimiz tarixi bo‘yicha qiziqarli eksponatlar mavjuddir. Muzeyda to‘plangan eksponatlar O‘zbekistonning tarix, madaniyat, san‘at bo’yicha
milliy boyligi bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar va ma’ruzalarda keng qo‘llaniladi. Ko‘p yillar
davomida ehtiyotkorlik bilan to‘plangan va o‘rganilgan tarixiy va arxeologik materiallar SamDU
ilmiy Kengashi tomonidan 2022-yil 26-sentabrda “Arxeologiya muzeyi to‘g‘risidagi Nizom”ni
tasdiqlash uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qildi. Bu vaqtga qadar muzey normativ-huquqiy
maqomga va moliyaviy yordamga ega emas edi.
D. N. Lev Omon-Qo‘ton g‘orida
Lev D. N. arxeologik tadqiqotlar jarayonida
Made on
Tilda