MEZOLIT VA NEOLIT
m. avv. 6-4 m. y.
Sazog‘on madaniyati
Muzey ko‘rgazmalaridagi mezolit yodgorliklari Sazog‘on neolit madaniyati tadqiqotlari
natijalariga ko‘ra kichik kolleksiyada taqdim etilgan. Sazog‘on madaniyatining o‘rganilish
tarixi 1964-yilda Sazog‘on qishlog‘ida SamDU talabasi O. I. Ibragimov tomonidan topilgan
topilmalar bilan bog‘liq. Ushbu yodgorlik Samarqand shahridan 27 km janubi-g‘arbda,
Sazog‘on qishlog‘ining Janubiy qismidagi Sazog‘onsoy vodiysining chap qiyaligining
ikkinchi terassasida joylashgan. Sazog‘on yodgorliklarini o‘rganilish tarixi ikki davrni
qamrab oladi: 1) arxeologik tadqiqotlar va geologik qatlamlarni o‘rganish (1966-1968 yillar
- D. N. Lev; 1969-1970 yillar - M. D. Jo’raqulov; 2) statsionar tadqiqotlar (1971-1986 –
M. D. Jo‘raqulov). Dala tadqiqotlari quyidagi manzilgohlarda o‘tkazildi: umumiy qazish
maydoni 96 m2 bo‘lgan Sazog‘on I va qazish maydoni 800 m2 bo‘lgan Sazog‘on II.
Sazog‘on I makoni hozirda mezolit deya davrlashtirilmoqda. Olib borilgan birinchi
tadqiqotlar xronologik va mahalliy tartibning ba’zi xususiyatlarini, mintaqa madaniyatlarining
evolyutsiyasi va ketma-ketligini aniqlashga imkon berdi. Kolleksiya 2,3 mingga yaqin
nusxadan iborat bo‘lib, asosan tosh qurollar va ularni ishlab chiqarish chiqindilaridan iborat.
Qazishma mualliflarining takidlashicha, tosh sanoatining tabiati mikroplastinalar bo‘lib,
ular juda yuqori (36,3 %) foizga ega bo‘lgan. Sazog‘on I moddiy madaniyati arxaikdir, bu
nafaqat mezolit sanoatining mavjudligi, balki faunistik qoldiqlarda sopol va domistikatsiya
(honakilashtirish) izlari yo‘qligi bilan ham ifodalanadi. Makon o‘troq ovchilarga tegishli
bo‘lgan.
Sazog‘on II makoni qishloqdan 2 km janubda Sazog‘onsoyning chap qirg‘og‘ida joylashgan.
Moddiy madaniyat qoldiqlari asosan inson xo‘jalik faoliyati natijasida hosil bo‘lgan sun‘iy
terassalarning yon bag‘irlarida to‘plangan. Shu sababdan madaniy qatlamlar qisman
qulab tushgan, ammo ba‘zi joylarda saqlanib qolgan. Makonning geologik sharoitlari
S. A. Nesmeyanov va E. D. Mamedov tomonidan o‘rganilgan. Madaniy qatlam 10 sm dan
90 sm gacha bo‘lib tosh va suyak buyumlari, qizil oxra izlari, o‘choq, va keramikadan iborat
bo‘lgan. Neolit tosh sanoatining tabiati yuqori shakldagi qirg‘ichlar, uchli teshkichlar, pichoq
va xanjar shaklidagi qurollar va o‘q uchlari bilan belgilanadi. Sopol juda ifodali, bezakli,
ammo bizga kichik bo‘laklarda yetib kelgan. M. D. Jo‘raqulov fikricha, Sazog‘on madaniyati
yodgorliklari qadimgi davrlarda ko‘p qatlamli bo‘lib, mezolitdan kech bronzagacha bo‘lgan
davrni o‘z ichiga olgan. Ushbu davomiylik Sazog‘on II ustida joylashgan Ochilg‘or makoni
materiallari bilan ham isbotlangan. Bu yerda ham yodgorlikning pastki qatlamlarida mezolit
davriga oid tosh qurollari topilgan. Muhokama qilinayotgan yodgorliklar mutlaq sanalarda
miloddan avvalgi VIII-IV ming yilliklarni qamrab oladi. Tadqiqotchilar Sazog‘on madaniyati
genezisini Samarqand paleolit makoni bilan bog‘lashadi.
  • Avanesova, N. A. Ancient miners of Zeravshan [Drevniye gornyaki Zeravshana] // Journal Archaeology of Uzbekistan. Samarkand-Tashkent: Fan, 2012. No. 1(4). PP. 3-35.

  • Avanesova, N. A. Ceramics from the sett lement of miners and metallurgists near the Zeravshan [Keramika poseleniya gornyakov-metallurgov Zeravshana] // IMKU. Issue 39. Samarkand: Fan, 2015. PP. 47-62.

  • Avanesova, N. A. Mining and metallurgical production of Zeravshan [Gornoye delo i metallurgiya proizvodstva Zeravshana] // Materials of the Republican conference «Markaziy Osiye tarikhi va archeologiyasi muammolari». Part 1. Samarkand: SamSU Publishing House, 2018.PP. 12-17.

  • Avanesova, N. A. Mining and metallurgical production of Zeravshan [Gornoye delo i metallurgiya proizvodstva Zeravshana] // Materials of the Republican conference «Markaziy Osiye tarikhi va archeologiyasi muammolari». Part 1. Samarkand: SamSU Publishing House, 2018.PP. 12-17.


Made on
Tilda