Avanesova N. A.
O‘zbekiston – qadimgi madaniyatlar beshigi

Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
arxeologiya muzeyi ko‘rgazmasi katalogi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti arxeologiya Muzeyi katalogi Arxeologiya kafedrasi hodimlarining ko‘p yillik dala va tadqiqot ishlari haqida tushuncha beradi. Mazkur sayt artefaktlarni hujjatlashtirish va nashr etish orqali kitobxonlar uchun universitetning boy arxeologik kolleksiyasini namoyish etish bo‘yicha ishlarning davomidir.
Muzey to‘plamlari katalogini yaratish va ommalashtirish loyihasi London universitet kolleji arxeologiya instituti (UCL) va Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Olib borilgan ishlar Lisbet Rausing va Piter Bolduinlarning “Arcadia” xayriya jamg‘armasining “Markaziy Osiyo arxeologik landshaftlari (CAAL)” loyihasi doirasida moliyalashtirildi.
Loyiha Hamkorlari
Made on
Tilda